"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!"

"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida TerDU faxriy ustozlari yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishishdi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi milliy qadriyatlarimiz va tarixiy merosimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, fidoyi ustoz va olimlarimizni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim loyihalardan biridir.

Mazkur dastur doirasida Termiz Davlat Universiteti rahbariyati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan universitetning faxriy ustozlari va xodimlari uchun yurtimizning tarixiy va zamonaviy inshootlari bo‘ylab keng ko‘lamli sayohat uyushtirildi.

Ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirda 50 nafarga yaqin ustozlar ishtirok etib, milliy merosimiz sanalgan buyuk tarixiy obidalar, istiqlol yillarida bunyod etilgan zamonaviy inshootlar hamda keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohat ishtirokchilari Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, mamlakatimiz taraqqiyoti, ma’naviy yuksalishi va turizm salohiyatining yuksalayotganidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil