Adabiyot va ilhom uchrashuvi

TerDUda ijodkorlar bilan navbatdagi adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Salim Ashur, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurillo Chori va Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurodov ishtirok etdi.

Ular talabalar bilan samimiy suhbat qurib, o‘z ijodiy yo‘llari, adabiy qarashlari va zamonaviy adabiyotdagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdilar. She’r va nasriy asarlaridan namunalar o‘qib, adabiyotning ma’naviy tarbiya va tafakkurdagi o‘rnini ta’kidladilar.

Tadbirda talaba-yoshlar ham o‘z ijod namunalari bilan qatnashib, mehmonlar bilan savol-javob tarzida muloqot qilishdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda va ularni milliy adabiyotga qiziqtirishda muhim ahamiyatga ega.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil