Bugun rektor huzurida universitet ijtimoiy-ma’naviy muhiti barqarorligiga daxldor mas’ullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultetlarning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, ayollar maslahatchilari shuningdek tyutorlar, barcha TTJ da faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar va xo‘jalik bekalari ishtirok etishdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilish avvalida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorning hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish jarayonida rektorimiz har bir mas’ul bilan individual suhbat o‘tkazib, ularning zimmasidagi vazifalarni yana bir bor eslatib o‘tdi. Jarayonda navbatchi o‘qituvchi tyutorlarning mas’uliyatini oshirish, talabalarning aqli va jismoniy sport turlari bilan keng shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish va musobaqalar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Va mas’ullarga xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha TerDU bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan nufuzli xorijiy universitetlarda malaka oshirishlarni tashkil etish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Shuningdek universitet psixologi bilan psixologiya kafedrasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talabalarning ruhiy holatini o‘rganish vazifasi qo‘yildi.

A. Toshqulovning topshirig‘iga asosan, joriy o‘quv yilidan boshlab sun’iy intellektdan foydalangan holda TTJlarning kirish joylarida eng so‘nggi rusumdagi kuzatuv kameralar va nazorat qurilmalari o‘rnatilishi belgilandi.

Muloqotlarda dekan o‘rinbosarlarining takliflariga quloq tutildi. Masalan, High-tech usulida mutolaa maskani tashkil etish, ma’rifat darslarida milliy retro filmlar namoyishini yo‘lga qo‘yish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan har bir taklif va tashabbus bo‘yicha alohida ishchi guruhlar tashkil etilib, ularning aniq ijro mexanizmlari va amaliy chora-tadbirlari belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil