“Sinovlarda toblangan hayot”

“Sinovlarda toblangan hayot” mavzusida ilhom baxsh etuvchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Kuni-kecha Termiz davlat universitetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Sinovlarda toblangan hayot” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Unda ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega, uch nafar farzandi Termiz davlat universiteti magistranti bo‘lgan ustoz, mehnat fidoyisi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Imomalieva Donoxol bilan samimiy suhbat uyushtirildi.

Tadbir davomida talaba-qizlar ustozning mehnat va matonatga to‘la hayot yo‘li haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lib, fidoyilik va ustozlik maktabidan ilhom oldilar.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan universitet psixologi hayotiy muammolarni yengib o‘tish, o‘zini anglashga qaratilgan amaliy trening mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv talaba-qizlarda katta taassurot qoldirdi va ularning kelgusidagi maqsadlari uchun ruhlantiruvchi manbaga aylandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil