Termiz davlat universitetida tanishtiruv haftaligi boshlandi

Talabalik hayotning eng qaynoq fasli, cheksiz orzu-umidlar davridir. Uning oʻzgacha sehri, jozibasi borki, umrning eng shirin dami sifatida yodimizda qoladi.

Joriy 2021/2022 oʻquv yilida ana shunday baxtiyor yoshlarning 1675 nafari Termiz davlat universitetining talabasi boʻlishdi. TerDUda yangi o’quv yili boshlanishiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi va unda universitet rektori A.Maraximov Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi hamda talabalikka qabul qilingan yoshlarni ushbu yutuqlari bilan samimiy qutladi. Termiz shahridagi 12-sonli mehribonlik uyi direktori D.Suvonova, tarix fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi S.Tursunov so’zga chiqib talabalarga o’zlarining iliq tilaklari va maslahatlarini berishdi.

Shundan so’ng talabalar vakillariga bilimlar kaliti, talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi topshirildi.

Tadbirda ota-onalar ham soʻzga chiqishib, oʻz farzandlari shu oliygohda tahsil olishidan baxtiyor ekanliklarini taʼkidlashdi. Yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan bunday shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar uchun Prezidentimizga, universitetimiz rahbariyatiga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil