Bugun TerDU rektori huzurida Tabiiy fanlar fakulteti mas’ullari tomonidan fakultetni 2027-yilgacha rivojlantirish strategiyasining taqdimoti o‘tkazildi

Yig‘ilishda prorektorlar va fakultet dekanlari ishtirok etdi. Dastlab, rektor Prezidentimiz raisligida o‘tgan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish tafsilotlari, bajarilgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng ilmiy salohiyati hozirda 47% ni tashkil etayotgan Tabiiy fanlar fakultetini rivojlantirish, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan ikki yillik strategiya taqdim etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fakultet bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanish ko‘rsatkichi 92% ni tashkil etadi. Taqdimotda ta’limga investitsiya kiritish va uni eksport qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Tijoratlashtirish bilan bog‘liq tashabbuslar bo‘yicha aniq rejalar ilgari surildi.

Endilikda rektorimiz ko‘rsatmasiga binoan, har bir fakultet mas’ullari o‘z dasturlarini taqdim etadi. Shu asosda universitetni dunyoning Top-1000 reytingiga kiritish strategiyasi ishlab chiqiladi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil