TerDUni tamomlayotgan 100 nafar magistrantlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Termiz davlat universitetining magistratura mutaxassisligini tamomlayotgan 100 nafar talabalariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda universitet rektori A.Toshqulov so‘zga chiqib, avvalo  talabalarning ota-onalariga, ustozlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Shu asnoda universitetimizning shonli tarixi, bugungi istiqbolli tashabbuslar, yaqin kelajakdagi rejalar xususida ma’lumot berdilar. 

Aytish kerakki, ilmiy salohiyati 40 foizdan oshgan universitetni bu yil 20-magistrlar tamomlamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, 2022/2023 o‘quv yilida 230 nafar, 2023/2024 o‘quv yilida 225 nafar, 2024/2025 o‘quv yilida esa 245 nafar talaba magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan. 

Joriy o‘quv yilida universitet magistraturasida 24 ta mutaxassislik bo‘yicha 157 nafar talaba tahsil olgan bo‘lib, ularning 93 nafari talab darajasidagi sertifikatga ega. Bugun esa 100 nafar magistr muvaffaqiyatli bitiruvchi sifatida diplom olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil