TerDUda istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilanib, KPI natijalari tahlil etildi

Yig‘ilishda 5 ta studiya orqali universitetning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi. 
Videokonferensaloqa ko‘rinishidagi yig‘ilishda universitet rektori A.Toshqulov pedagog va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) natijalarining umumiy tahlili hamda joriy yildagi ustuvor vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Rektorimiz 2024-yilda universitetda amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlarni keltirib, erishilgan yutuqlar uchun o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi, xizmatlarini e’tirof etdi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2017-yilda universitetning ilmiy salohiyati 14% ni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib 40% dan oshdi. Bundan tashqari o‘tgan yili Malayziya, Rossiya, Yaponiya, Italiya, Eron, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar bilan ilmiy, ta’limiy hamda madaniy hamkorlik yuzasidan olib borilgan muzokaralar  amaliy bosqichga o‘tdi.

Yig‘ilishda shuningdek universitet strategiyasida keltirilgan o‘quv sifatini oshirish, ilmiy, innovatsion, xalqaro hamkorlik va ma'naviy-ma'rifiy ishlar yo‘nalishidagi ishlarni yuqori bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. 

Prezident qarori bilan OTMda ta’limda investitsiya va eksportni amalga oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar va uning ijrosi bo‘yicha vazifalar belgilandi. Rektorimizning universitet o‘qituvchilari o‘rtasida “Kitobxon oila” ko‘rik tanlovini o‘tkazish, haftaning juma kunini “Milliy qadriyatlar” shanba kunini esa “Sport kuni” sifatida belgilash takliflari bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilish yakunida professor-o‘qituvchilarning KPI natijalari tahlili to‘liq e’lon qilinib, yuqori o‘rinlarni olganlari e’tirof etildi. Ularning 250 nafariga joriy yilning 31-dekabrigacha tabaqalashtirilgan ustamalar belgilandi.
 
A.Toshqulov sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolar xususida to‘xtalib o‘tdi va har bir mutaxassis o‘z ustida ishlab IT hamda ingliz tilini chuqur o‘rganishi lozimligi ta’kidlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil