Mustaqillik shukronasi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami oldidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan Termiz davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, deputatlar, san’atkor va ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.Targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdan asosiy maqsad, istiqlol yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda xalqimiz hayoti va yurt taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqqan islohotlar samaralarini xalqimizga yetkazishdan iboratdir.Tadbirda istiqlol yillarida mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida katta hajmdagi ijobiy o‘zgarishlar bo‘lgani, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgani, xalqimizning turmush farovonligi yuksalgani, istiqlol har bir yurtdoshimiz hayotida o‘chmas iz qoldirgani ta’kidlandi.Tadbirning badiiy qismida TerDU talabalari tomonidan vatanni madh etuvchi qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil