Xorijiy ta’lim muassasalaridan TerDUga o’qishini ko’chirishga hujjat topshirgan talabalar kasbiy-ijodiy sinovdan oʻtdi

Xorijiy ta’lim muassasalaridan 2021/2022 o’quv yilida Termiz davlat universitetiga o’qishini ko’chirishga hujjat topshirgan talabalar alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlarda kasbiy-ijodiy sinovdan oʻtdi.

Kasbiy-ijodiy imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassisliklari boʻyicha imkoniyatlarini aniqlash, bilim va malaka darajasi, kasbiy koʻnikmasi, ijodiy hamda jismoniy qobiliyatini baholashdan iborat.

Imtihon boshlanishidan oldin universitet rektori A.Maraximov bo’lajak talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Yurtimizdagi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, imkoniyatlar to’g’risida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.Kasbiy-ijodiy imtihonlar boʻlib oʻtadigan binolarda talabalar uchun barcha sharoit yaratildi. Zarur texnik vositalar bilan jihozlandi. Musiqa taʼlim yoʻnalishiga imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun maxsus auditoriya, jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishiga imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun sport zallari, tasviriy sanʼat taʼlim yoʻnalishiga imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun jihozlangan xonalarda o'tkazildi.Abituriyentlarning imtihon oʻtkaziladigan binoga kirishidan imtihonlarni tugatib, binoni tark etguniga qadar boʻlgan barcha jarayonlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilingan holda tashkil etildi.Imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, imtihon jarayonlarida to‘liq kamera nazorati yo‘lga qo‘yildi va uzliksiz imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli namoyish etib borildi. Kasbiy-ijodiy imtihonlarda mahalliy kengashlar deputatlari, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil