“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!”

“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostidagi bayram tantanalarida TerDU talabalari faol ishtirok etmoqda

Butun respublikamiz bo’ylab mustqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida bayram tantanalari Surxondaryo viloyatida ham ko’tarinki ruhda davom etmoqda. Ushbu shior har bir vatandoshimizning qalbini mehr va iftixorga toʻldirib, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga, yurtimizni bundanda qudratli boʻlishi uchun hissa qoʻshishga undaydi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining tashabbusi bilan Respublikamizning barcha hududlarida eng ulug’, eng aziz bayramimizga bag’ishlangan bayram tadbirlari oʻtkazilmoqda. 

Navbatdagi targ’ibot tadbiri Jarqoʻrgʻon tumanidagi Markaziy madaniyat va istirohat bogʻida bo’lib o’tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari B. Mardayev va F. Samatov, Termiz davlat universiteti rektori, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati  A. Maraximov, O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi A. Ro‘ziyev, partiya faollari, deputatlar, Termiz davlat universitetining professor-o’qituvchilari talabalari ishtirok etdi. 

Mustaqillik shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda bu kabi targ’ibot tadbirlari vohamiz ahliga yanada ko’tarinki kayfiyat bag’ishlab, istiqlolga va bugungi tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik, kelajakka qat’iy ishonch tuyg‘usi jo‘sh urishiga zamin yaratadi.Bu kabi bayram tadbirlari vohamiz bo'ylab davom etmoqda. Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil