TERDU REKTORI MEHRIBONLIK UYIGA TASHRIF BUYURDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 28-iyul kuni mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan vazifalar boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida sohada mutlaqo yangi tizim joriy etilishi maʼlum qilindi. Unda oliygohlar zimmasiga ham qator vazifalar yuklatilgan edi. Xususan, OTM rektorlari kutubxona fondini boyitish, bolalarni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlarga oʻrgatish va ularning kelgusida oliygohlarga kirishiga koʻmaklashish muhitini shakllantirishga, teatr va konsertlar tashkil etishga masʼul va javobgar etib belgilandi. “Bu muassasalarning moddiy homiysi bor, maʼnaviy homiy kerak. Bu ham savob, ham kerakli ish” deb aytib oʻtgan edi Prezidentimiz videselektor yigʻilishida.  
Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 19-avgust kuni Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Marahimov Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari I.Safarov, soha prorektorlari va fakultet dekanlari hamrohligida Termiz shahridagi 12-mehribonlik uyiga tashrif buyurdi.

Tashrif asnosida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv oʻtkazilib, ularning qiziqishlari, istaklari tinglandi. Universitet rektori har bir tarbiyalanuvchi eʼtibordan chetda qolmasligi, ular uchun oliygoh ilm olish uchun barcha imkoniyat, sharoitlarni yaratib berishligi va kelajakda bu yoshlardan yetuk mutaxassislar yetishib chiqishini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, shu yerning oʻzida soha prorektorlari va fakultet dekanlariga fan, sport va ijodiy toʻgaraklari tashkil etish, ularga yetakchi professor-oʻqituvchilarni jalb qilish, bayram, konsert tomoshalari, musobaqalarni uyushtirish boʻyicha koʻrsatma va vazifalar berildi. Rektorning mehribonlik uyida haftaning bir kunini “Universitet kuni” deb belgilashni taklif qilishi barchaga manzur boʻldi va olqishlar bilan kutib olindi. Soʻng tarbiyalanuvchilar ham tashrif buyuruvchilarga Vatanni madh etuvchi sheʼrlardan oʻqishdi, raqslarga tushishdi. Tashrif soʻngida universitet rektori tarbiyalanuvchilarga oliygoh nomidan zamonaviy va barcha qulayliklarga ega katta ekranli smart interaktiv board infokios,sport anjomlari va kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.

Eng muhimi, bolajonlar koʻzida balqigan quvonch  mamnunlik va minnatdorlik tuygʻularining ifodasi boʻldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil