“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni”

“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi hamda g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev ishtirok etib, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini mustahkamlash, xalqaro miqyosdagi mavqesini oshirish, milliy tilimiz va madaniyatimizni targ‘ib qilish bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdilar. Shundan so‘ng final bosqichining “Erkin mavzuda badiiy chiqish” sharti bo‘yisha ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi she’r va qo‘shiqlar tinglandi. Ta’kidlash joizki, xorijlik talabalarning tilimiz jilosini madh etuvchi chiqishlari davlat tilimizga hurmatning o‘ziga xos ifodasi bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlov g‘oliblari bilan tanishing:

1-o‘rin: Rinka Yagane (Yaponiya) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

2-o‘rin: Emodi Nesar Ahmad (Afg‘oniston) Termiz davlat universiteti talabasi

3-o‘rin: Vang Chao Yuan (Xitoy) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi

➡️Jarayondan fotolavhalar 

Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari mos ravishda diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 40, 30 va 20 barobari miqdorida pul mukofotlari, faol ishtirokchilar esa sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

YouTube orqali ko‘rish

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil