TerDU: Universitet Kengashi yig‘ilishining tafsiloti

Universitet rektori A.Maraximov ishtirokidagi dastlabki  universitet Kengashi yig‘ilishida qator masalalar ko‘rildi.  Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va “2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi munosabati Termiz davlat universitetining 2021 yildagi vazifalari va 2022-2023 yillardagi istiqbolli rejalari to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirildi. 

Kun tartibidan o‘rin olgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha Prezident ishtirokidagi videoselektorning mazmun-mohiyati, moliya-iqtisod  ishlari bo‘yicha yillik hisobot, Pedagogika fakultetidagi kompleks tahlil natijalari, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish va qayta tayyorlovdan o‘tishi kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, yig‘ilishda “Termiz davlat universitetining stipendiyasi” ni joriy etish va uni 50 nafargacha iqtidorli talabalarga berish taklifi Kengash a’zolari tomonidan ma’qullandi. Mas’ullarga belgilangan tartibda mazkur stipendiyaning Nizomini ishlab chiqish topshirig‘i berildi. 

An’anaga ko‘ra yig‘ilish davomida qator yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar tabriklandi. Jumladan, 1 nafar o‘qituvchi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi diplom va 7 nafari dotsent ilmiy unvoni bilan taqdirlandi. 

Yig‘ilishda darslik, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari nashr etilganlar ham qutlandi. Shuningdek, universitet jamoasining bir guruh a’zolari O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriylari birlashmasining “Faxriy yorliq” va medallari bilan taqdirlanishdi. 

Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil