TerDU va Rossiyaning Qozon federal universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

TerDU va Rossiyaning Qozon federal universiteti Naberejniye Chelni instituti rahbariyati va professor-o'qituvchilari o'rtasida video konferens aloqa shaklida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad ikki universitet o'rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida olib boriladigan ishlarni muhokama qilish hamda muammo va yechimlar xususida to'xtalib o'tish, shuningdek, qo'shma loyiha bo'yicha muzokaralar olib borishdan iborat bo'ldi. 

Dastlab, ikki oliygoh tashabbusi bilan ilgari surilgan qo'shma dastur asosida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish bo'yicha joriy holat muhokama qilindi. Ushbu yo'nalishda tomonlar o'zlariga tegishli vazifalarga yana bir bor aniqlik kiritgan holda tegishli hujjatlar va jarayonlarga aniqlik kiritib olishdi.

Kimyoviy chiqindilarini qayta ishlaydigan zavod qurilishi va uning ekologik sharoitga ijobiy ta'siriga bagi'shlangan qo'shma loyiha va uni amalga oshirish mexanizmlari bo'yicha hamkor oliygoh tomonidan taqdimot shaklida ma'lumot berildi. TerDUning Kimyo va texnologiyalar fakulteti rahbariyati hamda bir qator professor-o'qituvchilari loyihaning hudud rivojiga qo'shadigan hissasi, oliygohlarning vazifa taqsimoti, hamda loyihaning barqarorligi bo'yicha muhim masalalarni o'rtaga tashladi. 

Uchrashuv so'nggida hamkorlik bo'yicha kelgusida bajariladigan ishlar belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil