TerDUning xalqaro aloqalari kengaymoqda

Tehron shahrida bo‘lib turgan Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov mamlakatning yetakchi oliygohlaridan biri Alloma Tabotaboiy universiteti prezidenti bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, stajirovka, o‘quv kurslari, ilmiy konferensiya va o‘quv dasturlarini tashkil etish, ilmiy maqolalar va adabiyotlar nashr etish, mahorat darslarini tashkil etishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari borasida muzokara olib borishdi.

Muzokarada Alloma Tabotaboiy universiteti rahbari Termiz davlat universitetida fors tili o‘qitilishini rivojlantirish, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, onlayn kurslar tashkil etish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida ko‘rilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Ma’lumot uchun: 2023-yilgi Osiyo universitetlari reytingida 143-oʻrinni egallagan mazkur ta’lim dargohida bugungi kunda 17.928 nafar talaba tahsil oladi. 1984-yilda tashkil topgan ATU Ijtimoiy gumanitar, iqtisodiyot va tibbiyot fanlariga ixtisoslashgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil