TerDU: Universitet Kengashi yigʻilishining tafsiloti

Termiz davlat universiteti
Kengashining navbatdagi yigʻilishida kengash aʼzolari Pedagogika fakulteti faollar zalida bevosita, qolgan ishtirokchilarga videokonferens aloqa (ZOOM) orqali onlayn ishtirok etdilar.

Dastlab rektor A.Maraximov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2021 yil 16 iyun kuni bo‘lib o‘tgan oliy ta'lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi va bundan kelib chiqadigan vazifalar, ularning mazmun-mohiyati to’g’risida professor-oʻqituvchilarga yetkazildi. 

Universitetida 2020/2021 o‘quv  yili yakunlari va 2021/2022 o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi, asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha fakultet, kafedra, professor-o‘qituvchilarning reytingi muhokama qilindi, tanqidiy, tahliliy fikrlar bildirildi. 

Navbatdagi kun tartibidagi masala universitetda 2021/2022 o‘quv yili uchun qabul komissiyasining faoliyati, universitetida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar ma'lumotlar berildi.

Muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilar tabriklandi. 

Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi. 

Shuningdek, darslik, monografiya, oʻquv qoʻllanmalari nashr etilganlar ham qutlandi. 

Kamchiliklar tanqidiy baholanib, milliy reytingni oshirish uchun istiqbolli vazifalar belgilab olindi. 

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar koʻrilib, ularning ijrosi boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil