Xabaringiz bor, kuni kecha rektor A.Toshqulov yuridik fakulteti talabalari bilan uchrashib, ular o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.

Bugun rektor yuridik fakultetida bo‘lib, ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bilan tanishdi hamda professor-o‘qituvchilarning dars jarayonlarida bevosita ishtirok etdi. Ushbu jarayonda o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan dars jadvaliga muvofiq o‘tilmayotganligi ma’lum bo‘ldi. 

Shundan so‘ng rektor tomonidan vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan o‘qituvchilar va rahbarlar faoliyati muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi qismida rektor rahbarligida fakultet jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari va kafedra mudirlari, shuningdek, ayrim o‘qituvchilar lavozimlaridan ozod etildi. Ba’zi o‘qituvchilarga hayfsan hamda ogohlantirish intizomiy jazosi qo‘llanildi.

Yakunda fakultet faoliyatini yaxshilash, ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini ko‘tarish, ilmiy salohiyatni oshirish, raqobatbardosh mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Ma’lumot uchun:
Yuridik fakulteti talabalari orasida so‘rovnoma o‘tkazilgan bo‘lib, ishtirokchilarning 76%i ta’lim berish jarayoni, 79%i esa dekanat faoliyati “qoniqarsiz” ekanligini ta’kidlagan, shuningdek, ba’zi o‘qituvchilarning  kasbiy faoliyati talab darajasida emasligi, fanlar bo‘yicha sinovlarda adolatsiz baholashi, fakultet dekanati, kafedralar tomonidan ishlar yaxshi olib borilmayotganligi, fakultetda yangicha muhit yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarining sifatini oshirish kerakligi, haqiqiy o‘z kasbining fidoyi, jonkuyar, bilimli mutaxassislar kerakligi haqida fikrlar bildirilgan.

Bizni kuzatib boring.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil