XALQARO LOYIHA MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

Loyihaning maqsadi: Ingliz adabiyoti va tarixini o‘z ichiga olgan Amerikashunoslik fani o‘quv dasturini ishlab chiqish

Muddati: 01.03.2021 - 20.06.2021

Qatnashchilar soni: Xorijiy filologiya fakultetining 10 nafar professor-o'qituvchilari

Onlayn mahorat darslari soni: 15

Loyiha haqida: Termiz davlat universiteti AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo Universitetlari bilan hamkorlik dasturi (UniCEN) doirasida “American Studies” nomli fan uchun o‘quv dasturi va materiallarini yaratish bo'yicha loyiha g'olibi sifatida topildi. Universitetning Ingliz tili vadabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari hamda loyiha hamkori, Amerika Qo‘shma Shtatlarida faoliyat yurituvchi Tvin Raven Konsulting – xalqaro tashkiloti vakili, Yunion instituti va universiteti professori Vuden Tichaut  tomonidan 2021 yilning mart-iyun oylari davomida filologik ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Amerikashunoslik fanining o‘quv dasturi va materiallari tuzib chiqildi.

Tashkil etilgan onlayn mahorat darslar so‘nggida 2021-2022-o‘quv yilidan oliy taʼlim muassasalarida o‘qitilishga tayyor bo‘lgan Amerikashunoslik fani xalqaro qo‘shma o‘quv dasturi va materiallarini “Backwards Design” xalqaro innovatsion uslubidan foydalanib, muvaffaqiyatli ishlab chiqishga erishildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil