Tafsilot: Rektor huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish, KPI tizimi bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish masalasi tahlil qilinib, mas’ullarga bu boradagi ishlarni jonlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Universitetni xalqaro reytinglarga kirishi bo‘yicha ham tegishli topshiriqlar yuklatildi.

Ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy nashrlarni ko‘paytirish bo‘yicha fakultetlar kesimidagi natijalar ham tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash, o‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha studiyalar tashkil etish, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, universitetning ijtimoiy tarmoqlarini kengaytirish va ularni boyitish bo‘yicha masalalar yuzasidan mas’ullarga muddat belgilangan holda tegishli vazifalar va topshiriqlar belgilab berildi.

Yakunda Termiz davlat universitetining 70 yilligini munosib nishonlashga alohida tayyorgarlik ko‘rish, ijro intizomi bo‘yicha ham chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Bizni kuzatib boring

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil