9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat, Kimyo, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalari va Yuridik fakultetlari professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlari ishtirokida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida davra suhbatlari oʻtkazildi.

Tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad oliygohda ochiqlikni taʼminlash, korrupsion xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etishdan iborat.

Tadbirlarda shuningdek, Surxondaryo viloyati prokurori oʻrinbosari X.M.Qulliyev, viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov xayʼati sudyalari T.M.Abduraimov, O.O.Ergashev, Termiz shahar Adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti S.A.Akramov, Yuridik fakulteti dekani  J.T.Xolmoʻminov, oliygoh Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi U.M.Devonov va IIB profilaktika inspektori T.Xushboqova  ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida universitet talaba - yoshlari oʻrtasida “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida oʻtkazilgan insholar tanlovining Yuridik fakulteti bosqichi gʻoliblari diplom va kitoblar bilan taqdirlanishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil