TerDU akademik litseyi: tanqidiy tahlil va istiqboldagi rejalar

Rektor A.Toshqulov universitet akademik litseyida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirokida sayyor yig‘ilish  o‘tkazdi. 

Ayni paytda yurtimizda 62 ta akademik litseylar mavjud bo‘lib, 2022 yildagi faoliyat samaradorligini baholash natijalariga ko‘ra Termiz davlat universiteti akademik litseyi reytingda eng oxirgi o‘ringa tushib ketgan. 

Yig‘ilishda:

➖ta’lim sifatini yaxshilash va bu borada ilmiy darajadagi malakali mutaxassislarni jalb qilish; 

➖bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan yangi yo‘nalishlar ochish va xorijiy tillarni o‘rgatishni kengaytirish;

➖attestatsiya o‘tkazish orqali malakali o‘qituvchilarni saralash va ularga 100 foizgacha ustama berish tizimini joriy qilish;

➖o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashib, namuna ko‘rsatgan o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish va nufuzli xorijiy ta’lim muassasalariga stajirovka va malaka oshirish uchun yuborish;

➖axborot resurs markazini yangi zamonaviy darslik va adabiyotlar bilan boyitish;

➖ sinfxonalarni zamonaviy kompyuter jihozlari, raqamli interaktiv doskalar bilan to‘liq ta’minlash;

➖o‘quvchilar turar joyida zamonaviy qulayliklar yaratish;

➖o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar hamda tanlovlar tashkil etilishi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil