Kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Rektor A.Toshqulov rahbarligida universitetning ko‘p sonli professor-o‘qituvchilari va mas’ul rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda universitet faoliyatidagi ustuvor va dolzarb vazifalarni belgilab olish, ta’lim sifati ko‘rsatkichlari hamda ilmiy salohiyatni oshirishga urg‘u berildi.

Yig‘ilishda universitetning 70 yillik yubileyini munosib o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, universitet kutubxona bazasini darsliklar, xorijiy adabiyotlar bilan boyitish, xorijning nufuzli universitetlari bilan talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, tizimda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish kabi muhim masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Universitet rektori professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarga munosib ish sharoitini yaratish bo‘yicha yangicha tizim joriy etilishini ta’kidlab, ish samaradorligi sezilmayotgan xodimlarning o‘z faoliyatlarini qayta ko‘rib chiqishlari hamda jonlantirishlari bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Kengaytirilgan yig‘ilish so‘ngida mas’ullarga ko‘rilgan masalalar bo‘yicha zaruriy topshiriqlar yuklatildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil