Termiz davlat universitetida Tailand davlati delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi

Termiz davlat universitetida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.Toʻrayev, professor-oʻqituvchilar, tarixchi olimlar hamda Tailand Amaliy sanʼat departamenti Ijrochi direktori, Tailand muzeylari idorasi direktori Nitaya Kanokmongkol boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Dastlab uchrashuvda oliygoh imkoniyatlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, arxeologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar qayd etildi. Maʼlumot uchun aytish joizki, bugungi kunda TerDU Fransiya, Chexiya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Italiya kabi rivojlangan davlatlarning arxeologiya markazlari bilan shartnomalar imzolagan boʻlib, hamkorlikda samarali tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.  

Uchrashuvda tarixiy yodgorliklarni tadqiq etish, ularni asrab-avaylash, restavratsiya qilish va bus-butunligicha kelajak avlodlarga yetkazish boʻyicha tajriba almashishga kelishib olindi. 

Shundan soʻng, delegatsiya aʼzolari seksiyalarga boʻlingan holda tarix fakulteti talabalariga master-klass oʻtib berishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil