TerDU kimyogar olimlari Geyrovskiy nomidagi fizikaviy kimyo institutining ilmiy laboratoriyalariga tashrif buyurishdi

Termiz davlat universiteti kimyogar olimlari: prof. X.X.Turayev, prof.v.b. Sh.A.Kasimov, dos. Z.E.Jumayeva va doktorant N.D.Amanova Praga shaxrida bo‘lib o‘tayotgan “Yevropa universitetlarida ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarda faol ishtirok etishdi, shuningdek, ular Chexiya Respublikasi Fanlar akademiyasining Geyrovskiy nomidagi fizikaviy kimyo institutining ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar. 

Geyrovskiy nomidagi fizikaviy kimyo instituti 1950-yil professor Yaroslav Geyrovskiy tomonidan Polyarografiya instituti sifatida tashkil etilgan va 1959-yilda prof. Y.Geyrovskiy analizning yangi elektrokimyoviy usuli – polyarografik analiz usulini ixtiro qilib, ushbu analiz usulini rivojlantirish sohasida jahon ilm-fanida erishgan yutuqlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. 

Ya’ni Chexiya Respublikasidan 2 nafar olim Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ulardan biri kimyogar olim Y.Geyrovskiydir. 

Kimyogar olimlarimiz prof.Y.Geyrovskiy tomonidan ishlab chiqilgan tarixiy polyarograf bilan tanishdilar va ushbu institut olimlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, xalqaro loyihalarda qatnashish, nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish hamda yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil