III Xalqaro oltoy forumi davom etmoqda

Xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Oltoy davlat universitetida «Slavyan va turkiy xalqlar uyg‘unligi: tarixda, bugun va kelajak» mavzusidagi III Xalqaro oltoyshunoslik forumi qizg‘in davom etmoqda. Forum Rossiya, Ozarbayjon, Vengriya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston kabi davlatlarning 90 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarining 300 dan ortiq olimlarini jamlagan. 

Turkiy va slavyan xalqlarining integratsiya tarixiga bag‘ishlangan ko‘pqirrali Forum doirasida Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi universitetlari rektorlari, federal va mintaqaviy hokimiyat vakillari qatnashmoqda. Shu qatorda Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Gʻ.Raximov  boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Forum “Rossiya va Markaziy Osiyo slavyan va turkiy xalqlarining tarixiy-madaniy uyg‘unligi” konsepsiyasi muhokamasida ikkala oliygoh rahbarlari turkiy dunyoning buguni va ertangi kunida ta’lim, fan va madaniyatning ahamiyati to‘g‘risida taklif-mulohazalarini bildirishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil