Termiz davlat universitetida “InnoWeek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi tadbirlarga start berildi

Termiz davlat universitetida “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Universitetda “Ideaton – Uzbekistan 2030” tanlovi o‘tkazish tartibi qanday bo‘ladi: talabalar uchun tanlovga oid ma’lumotlar taqdimoti” o‘tkazildi.

Universitet rektorining 2023-yil 26-sentyabrdagi 200-U-sonli buyrug‘iga asosan ilmiy-innovatsion g‘oyalar, loyihalarni saralab olish, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ideaton – Uzbekistan 2030” tanlovi o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, qatnashchilar o‘rtasida keyingi o‘n yillikdagi muammolar va istiqbolli yo‘nalishlardagi innovatsion g‘oyalarni, ilmiy va innovatsion loyiha yo‘nalishlarida ilmiy-texnik ijodkorlik va ixtirochilikni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish hamda yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlar yaratishni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Loyihalar 30-oktabrga qadar qabul qilinadi va bir oy davomida tanlov komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi, baholanadi. 

Tanlov nizomi bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:

Bugungi taqdimot davomida universitet Ilmiy tadqiqot majmuasi xodimlari tomonidan tanlovga hujjat topshirish, qatnashish shartlari va muddatlari, loyihaning ilmiy yangiligi va zamonaviyligini ko‘rsatish yo’l-yo’riqlari haqida ma’lumot berildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Eslatib o’tamiz, universitetda 2023-yil 16-20-oktabr kunlari bo‘lib o'tadigan "Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida o’ndan ortiq tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil