Ilm-fan va taʼlim integratsiyasini taʼminlash, doktorantlar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi.

2023-yil 5-oktyabr kuni TerDUda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi ilm-fan va taʼlim integratsiyasi boshqarmasi boshligʻi Fazilat Qodirova ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Seminar-treningda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida doktorantura faoliyatini muvofiqlashtirish va uni takomillashtirish, yangi ixtisosliklar boʻyicha doktorantura ochish masalalari, oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish, ilm-fan va taʼlim integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar, doktorantlar ilmiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan vositalar, shu jumladan, akademik harakatchanlik boʻyicha masalalar koʻrildi.

Seminar-treningda doktorantlar va professor-oʻqituvchilar oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida xorijiy til sertifikatining oʻrni, ilmiy stajirovkalarni tashkil etish tartibi, xorijiy professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlik oʻrnatish boʻyicha bir qator takliflar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 63

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 57

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil