O'zbekiston-Fransiya xalqaro ekspeditsiya a'zolari bo'lajak tarixchi olimlar bilan uchrashdi

“Ellinlashgan sharq: Termiz shimoliy Baqtriyaning madaniy markazi sifatida. Xulosa va istiqbolli rejalar”. Fransiyaning CNRS ilmiy tadqiqotlar markazining professori Pyer Lerish, doktor Segolen de Pontbriand, numizmat doktor Olivye Bordo va Tarix fakulteti dekani Shuhrat Abdulloyev, dotsent Zokir Xoliqov ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv ana shu mavzuga bagʻishlandi. 

Talabalar uchun Eski Termiz hududida joylashgan Chingiztepa yodgorligida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari prezentatsiya qilindi. 

Tarixchilarning aytishicha, olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra,  Chingiz tepa maydoni 9 gektarni tashkil etib, yunon baqtriya podsholigi inqirozidan soʻng Oʻrta Osiyoning shimoliy sharqiy hududlarida istiqomat qilgan yuyechjilar tomonidan ishgʻol qilingan. Shuningdek, Eski Termiz hududida yuyechjilar davrida yirik saroylar, ibodatxonalar va mudofaa inshootlari barpo etilganligi ham olimlar tomonidan ochib berildi. 

Endilikda tarixchilar shaharning sharqiy tomonida joylashgan mudofaa inshootlarini oʻrganishni rejalashtirishmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 63

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 57

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil