Ixtiro va foydali modelga hamda sanoat namunalariga patent (guvohnoma)lar qanday rasmiylashtiriladi?

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intelektual mulk markazi” davlat muassasasining “Ixtiro va foydali modelga hamda sanoat namunalariga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni” mavzusida seminar tashkil etildi.

Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, magistrlari uchun o‘tkazilgan tadbirda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Axborot resurs va TIQQMlar bo‘limi boshlig‘i S.A.Rahmonov, Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i I.T.Abdukadirovlar tomonidan intellektual mulk hujjatlarini rasmiylashtirish tizimi orqali hujjatlarni shakllantirish, ixtiro uchun patentni olish bosqichlari ketma-ketligi, shuningdek, mualliflik huquqini himoya qilish hujjatlarini shakllantirish algoritmlari, ip.adliya.uz tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari ochib berildi.

Ishtirokchilar va “Intelektual mulk markazi” davlat muassasasi mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro fikr almashinuv, savol-javob jarayonlari bo‘lib o‘tdi, intellektual mulk hujjatlarini rasmiylashtirish tizimiga oid elektron materiallar taqdim etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil