O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Sankt-Peterburg politexnika universiteti kadrlar tayyorlash hamda tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha Rossiyadagi texnika oliygohlari reytingida yetakchi o‘rinni egallab keladi. 2021-yilda universitet “Ustuvorlik-2030” Federal strategik dasturining “Tadqiqot yetakchiligi” yo‘nalishida birinchi g‘oliblar guruhiga kiritildi. Bugungi kunda 17 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari, 59 ta yo‘nalish bo‘yicha bakalavr, 57 ta yo‘nalish bo‘yicha magistrlar, 24 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘qituvchi-tadqiqotchilar tayyorlaydi. Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi doirasidagi uchrashuvlarning navbatdagisi ushbu ta’lim dargohida bo‘lib o‘tdi. 

Kecha Termiz davlat universiteti delegatsiyasi mazkur universitetda yaratilgan laboratoriya, kutubxona, uzoq yillik tarixga ega muzey faoliyati, ilmiy-tadqiqot loyihalari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, ikki universitet o‘rtasida memorandum imzolandi. Kelishuv  doirasida Sankt-Peterburg politexnika universiteti va Termiz davlat universiteti o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, konferensiya va tadbirlarni tashkil etish nazarda tutilgan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil