TerDU rektori Pokiston elchisi bilan uchrashdi

Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Said Ali Asad Gʻiloniy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻtkazilgan uchrashuvda ikki mamlakat taʼlimi tizimidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida muzokaralar olib borildi. 

Dastlab, universitet rahbari respublikada taʼlim tizimi, xususan, oliy taʼlim tizimidagi islohotlar, bugungi shart-sharoitlar, ilmiy salohiyatni oshirishga boʻlgan saʼy- harakatlar, universitetning xalqaro maydondagi faoliyati hamda xorijlik mutaxassislarni jalb etish boʻyicha toʻxtalib oʻtdi. 

Pokiston elchisi oʻz nutqida ikki mamlakat tarix, madaniyat va urf-odatlar jihatidan bir-biriga juda yaqin ekanligi, Sohibqiron Amir Temur bobomizning Pokiston tarixi va bugunida egallagan yuksak mavqesi, davlatlarimiz tarixiy siymolarni, qahramonlarni ulugʻlashi, qolaversa, oʻtmishda oʻrnatilgan ilmiy hakorlik aloqalari bugunga kelib yanada mustahkamlanishi lozimligi borasida fikrlar bildirdi.

Taklif va mulohazalarga boy tarzda boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻqituvchi va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar va arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etish, sanoat, axborot texnologiyalari, ilm-fan, qishloq xoʻjaligi sohalarida tajriba almashinish borasida amalga oshiriladigan ishlar kabi bir qancha istiqbolli yoʻnalishlar muhokama etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil