Termiz davlat universitetidagi talabalar turar joylari yangi jihozlar bilan ta’minlandi

Xabar berib borayotganimizdek, TerDUda 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in ketmoqda. Xususan, TTJlarda talaba-yoshlarning puxta bilim olishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, qolaversa, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida qulayliklar yaratilmoqda. 

Jumladan, talabalarning bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish, o‘zaro fikr almashishlariga qulay muhit yaratish uchun yotoqxona fayelari shinam yumshoq mebellar, hamda oshxonadagi shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida qo‘shimcha mebellar bilan jihozlandi. Ma’naviyat xonalari yangi jihozlar va kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlandi. Sportsevar yoshlar uchun sport invertarlari olib kelindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ayni paytda oliygohda 6 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, jami 2885 ta o‘rin yaratilgan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil