Mana to‘rt kundir-ki mamlakatimizda 2023/2024-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari davom etmoqda.

Test sinovlari oʻtkazilayotgan binolarda abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun yaratilgan barcha sharoitlardan shu jumladan, test jarayonlarining ochiq, shaffof oʻtishini onlayn kuzatish uchun maxsus zallar tashkil etilganligi va kerakli jihozlar bilan ta’minlanganligi barchani quvontirmoqda.
 
Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov masʼul xodimlar bilan test sinovlari oʻtkazilayotgan joyga kelib, abituriyentlarning test savollarini toʻgʻri yechishiga omad tiladi. Ota-onalar uchun kuzatish zallarida yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirib, ular bilan dildan suhbatlashdi. 

Eslatib oʻtamiz, Termiz davlat universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlarning ota-onalari uchun Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga yaqin Roʻzi Choriyev nomidagi sanʼat maktabida kutish-kuzatish zallari tashkil etilgan. Barcha qulayliklarga ega salqin, keng, shinam maxsus zallarda abituriyentlarning yaqinlari test jarayonlarini onlayn kuzatmoqda. 

Shuningdek, kuzatuvchilarning vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda tashkiliy masalalarda koʻmak berish maqsadida Termiz davlat universitetining volontyorlar guruhi faollik koʻrsatmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil