Termiz davlat universitetiga 2023/2024-o’quv yili uchun bakalavriat bosqichiga hujjat topshirgan ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi abituriyentlarning imtihoniga start berildi.

Universitet rektori A.Maraximov abituriyentlar bilan suhbatlashar ekan, ularning ilm yo’lidagi mehnatini hamisha qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi hamda imtihonda omad tiladi. Shuningdek, rektor abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari bilan suhbatlashdi, ularning taklif va mulohazalarini tingladi. Ota-onalar uchun shinam va yorug’, salqin xona hozirlangan bo’lib, farzandlarini kuzatishlari uchun xona katta ekran, kuller bilan ta’minlangan.

Oliygohda ko'zi ojiz abituriyentlar uchun ham barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Imtihon jarayonlarini Surxondaryo viloyati Ko'zi ojizlar jamiyati direktori B.Jovliyev ham kuzatib bormoqda.

Joriy yilda 24 nafar abituriyent 14 ta ta’lim yo‘nalishi – Yurisprudensiya, Tarix, Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili, tojik tili, ingliz tili va rus tili, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Kompiyuter injineringi, Kompiyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, Psixologiya: amaliy psixologiya, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, Fizika, Matematika yo’nalishlaridan imtihon topshirishyapti.

Abituriyentardan imtihonlar mutaxassislik fanlardan yozma shaklda brayl alifbosida va amaliy tarzda olinmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil