Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Termiz davlat universitetida.

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyatida xizmat safarining ikkinchi kunini Termiz davlat universitetida talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirish bilan boshladi.

Shundan so‘ng, vazir universitetda muqobil energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida o‘rnatilgan quyosh panellari bilan tanishdi. 

2023-yil I-II chorakda TerDUda 200 kVt quyosh paneli oʻrnatilib, bojxona “Yashil energiya” elektron platformasiga kiritilgan. Shuningdek, universitetning 4-sonli talabalar turar joyi hamda 8–9-oʻquv binolariga oʻrnatilgan fotoelektrik panellar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Bundan tashqari, ayni paytda 6-sonli talabalar turar joyining tom qismiga maksimal energiya olish, talabalar turar joylarini issiq suv bilan uzluksiz taʻminlash uchun 140 kVt, 2-chorakda bosqichma-bosqich 3-5-TTj ga jami 280 kVt energotejamkor zamonaviy quyosh kollektorlarini ilmiy-texnik yechimlarga asoslangan holda oʻrnatish ishlari olib borildi.

Vazir oliygohdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish jarayonida hududdagi sport majmuasi, ilmiy-tadqiqot markazi hamda 750 o‘ringa mo‘ljallangan TTJ qurilishini ham borib ko‘rdi va bu borada mavjud muammo va kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berdi.

Shuningdek, abituriyentlar uchun xizmat ko‘rsatayotgan Call-markaz, abituriyentlar shtabi, ijodiy imtihon, test sinovlari o‘tkazilishiga mo‘ljallangan 840 o‘rinli binolarda yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining xizmat safari davom etmoqda.

Bizni kuzating

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil