Amaliyot — kelajak uchun tajriba

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ish beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda kadrlarni o‘qitish usul va shakllarini, fan, o‘quv jarayoni va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish maqsadida Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetining 1-2-3-bosqich talabalari respublikamizdagi yetakchi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida malaka o'tash uchun yo'l olishdi. 

1-bosqich kimyo (turlar bo‘yicha), Neft va gaz kimyosi, Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha), Mahsulotlarning kimyoviy tahlili (oziq-ovqat mahsulotlari) va Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi kabi yo’nalishining 208 nafar talabasi o’quv tanishuv amaliyotiga Qarshi shahriga (Qashqadaryo viloyati sanoat ishlab chiqarish korxonalariga)

2-bosqich kimyo (turlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining 149 nafar talabalari  ishlab chiqarish amaliyotiga Samarqand shahridagi sanoat korxonalariga

3-bosqich kimyo (turlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining 109 nafar talabalari  Toshkent shahridagi Ilmiy markazlarga, O‘zMU, ToshKTI, O‘zR FA tarmoq institutlariga va sanoat korxonalariga jo'nab ketishdi. 

Endilikda talabalar  amaliyot davomida kasbiy faoliyatini rivojlantirish, kasbiy ma'suliyatni his etish, oʻz ustida ishlash koʻnikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali mutaxassislarning ish jarayonini oʻrganish imkoniga ega bo'lishadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil