PREZIDENT SAYLOVIGA TAYYORGARLIK

Joriy yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtadi.

2021 yil oktabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga oʻtkaziladigan saylov jarayonini yuqori  saviyada tashkil etish maqsadida hududiy shtab aʼzolari, respublika va hududiy trenerlar ishtirokida Termiz davlat universitetida seminar-trening tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Quronboyev Qahramon Qo’chqorovich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Xasanov Atabek Abdirashidovich va Davlat boshqaruv akademiyasi rektori Bekmurodov Adham Sharipovichlar ishtirok etishdi.

Seminar-treningda Prezident saylovini tashkil etish va uni oʻtkazish jarayonida saylov tashkilotchilari oldida turgan vazifalar, mamlakatimiz Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar berayotgan yuksak samaralar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

2021 yilning yilning 7 iyun sanasidan viloyatning barcha tumanlarida USK aʼzolari uchun tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlarini namunali tashkil etish hamda joylarda aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish boʻyicha fikr almashildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil