MATBUOT_ANJUMANI

Termiz shahridagi Matbuot uyida 2023/2024-oʻquv yilida Termiz davlat universitetida qabul jarayonlariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Termiz davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.Toʻrayev, kimyo fakulteti dekani H.Toʻrayev, Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Abduvohid Safarov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Z.Toʻrayev hamda OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi. 

Unda taʼkidlanganidek, Termiz davlat universitetiga 2023/2024-oʻquv yili uchun Termiz davlat universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga (kunduzgi) jami  2000 nafar, shu jumladan davlat granti asosida 470 nafar, toʻlov-shartnoma asosida 1530 nafar, sirtqi taʼlim shakliga jami 725 nafar toʻlov-shartnoma asosida qabul kvotalari tasdiqlangan. Joriy yilda Magistratura mutaxassisliklariga bir marta hujjatlar qabul qilinib, 185 nafar davlat granti asosida qabul kvotasi tasdiqlangan. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllari boʻyicha jami 600 nafar qabul kvotasi rejalashtirilgan.

Anjuman soʻngida ishtirokchilar qabul jarayonlariga oid barcha savollariga batafsil javob olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil