Termiz davlat universitetida muqobil energiyadan foydalanish samaradorligi oshmoqda

Universitetda 2022-yilning IV choragida 74 kVt quyosh paneli va 10 ta 200 litrlik quyosh kollektorlari, shuningdek, 2023-yil I-II chorakda 200 kVt quyosh paneli oʻrnatilib, bojxona “Yashil energiya” elektron platformasiga kiritilgan. 

 

Dasturda belgilangan joriy yil II-III chorakdagi 1mV quyosh fotoelektrik panellarini oʻrnatish boʻyicha Termiz shahar hududidan 1,5 gektar joy ajratilgan boʻlib, hozirgi kunda loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda. 

 

Universitetning 4-sonli talabalar turar joyi hamda 8-9-oʻquv binolariga oʻrnatilgan fotoelektrik panellar bugungi kunda o'z samarasini berib, universitetda elektr energiyasini tejashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, ayni paytda 6-sonli talabalar turar joyining tom qismiga samarali maksimal energiya olish, talabalar turar joylarini issiq suv bilan uzluksiz taʻminlash uchun bosqichma-bosqich energotejamkor zamonaviy quyosh kollektorlarini ilmiy-texnik yechimlarga asoslangan holda oʻrnatish ishlari olib borilmoqda. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil