Malayziyalik professorlar bilan ZOOM orqali uchrashuv o'tkazildi

Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov Malayziyaning Terengganu universiteti oʻquv ishlari va xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Prof.Dr. Mohd Zamri Bin Ibrahim, Fundamental va uzluksiz taʼlim markazi direktori Prof.Dr. Asyraf Bin Haji Abrahman, Fundamental va uzluksiz taʼlim markazi talabalar bilan ishlash boʻyicha dekani Borhanudin Mohd Yusof, Fundamental va uzluksiz taʼlim markazi isteʼdod va tadqiqot boʻyicha dekan oʻrinbosari Dr. Azza Jauhar Binti Ahmad Tajuddin bilan ZOOM platformasi orqali uchrashuv oʻtkazdi. 

Unda Termiz davlat universitetida ingliz tilini oʻrgatish markazini tashkil etish va unga Malayziyaning nufuzli oliygohi boʻlmish Terengganu universitetining professor-oʻqituvchilarini taklif etish masalalari muhokama qilindi. Oʻzaro xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mazkur loyihada har ikkala tomon oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi. 

Aytish joizki, mazkur hamkorlik zamirida oliy taʼlimga qamrab olingan yoshlarni ingliz tilini biladigan kadr sifatida tayyorlash va taʼlim tizimida chet tillarini bosqichma-bosqich ommalashtirish, shuningdek, kursda ingliz tilini o'rganish orqali Malayziyaning til bilish setifikatiga ega bo'lgan talabalarni Malayziyaning nufuzli oliygohlarida talabalar almashinuvi dasturi yordamida o'qitish maqsadi yotibdi. 

Uchrashuvda kurs haqida batafsil maʼlumot beruvchi prezentatsiyaga alohida oʻrin berildi. Unga koʻra, 2 oylik kurs davomida 240 soatlik dars mashgʻulotlari malayziyalik professorlar tomonidan toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil