ILMIY SALOHIYATNI YUKSALTIRISH — ASOSIY MAQSAD

Termiz davlat universitetiga 13-iyun kuni oliygohda ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammo va takliflarni o‘rganish maqsadida Innovatsion rivojlanish agentligi ilm-fan va ta’lim integratsiyasi boshqarmasi boshlig‘i F.Qodirova, ilm-fan va innovatsion rivojlanish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi J.Shavkatov tashrif buyurishdi. 

Dastlab, vakillar universitetda tashkil etilgan bo'sh ish o'rinlari “Mehnat yarmarkasi”da ishtirok etib, ilmiy ishlanmalar, ko‘rgazmalar bilan tanishdi, bitiruvchi talabalar bilan suhbatlashdi. Shundan so‘ng professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o'tkazildi. Muloqot davomida professor-o‘qituvchilar yangi ilmiy loyihalar, tizimni rivojlantirish borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Doktorant, stajyor-tadqiqotchilar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Ma’lumot uchun: ayni vaqtda TerDUda ilmiy salohiyat 30 foizni tashkil qilib, 300 nafardan ortiq tadqiqotchilar disseratsiya ustida ishlamoqda. 121 nafar doktorant, 20 nafar stajyor-tadqiqotchi tahsil olmoqda. 10 ta ixtisoslikni o‘z ichiga olgan 5 ta ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yurityapti.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 62

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 56

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil