Times Higher Education xalqaro reytingida Termiz davlat universiteti eʼtirof etildi!

2004-yildan buyon anʼanaviy tarzda Buyuk Britaniyaning nufuzli THE - Times Higher Education agentligi ishonchli maʼlumotlar asosida jahondagi oliy taʼlim muassasalarining jahon miqyosidagi samaradorligini baholab, ularning reytingini eʼlon qilib boradi. Bu yil ham 2325 ta oliygohlar ushbu reytingda qayd etildi. 

2023-yilda eʼlon qilingan reyting natijalariga koʻra, Termiz davlat universiteti “World University Rankings 2023”da hamda  BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (SDGs-17 ta) muvofiqlikni oʻrganuvchi “Impact Rankings 2023”da 1000+ oʻrinda eʼtirof etildi.
Universitetning ijobiy natijalari “Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma”(601-800), “Sifatli taʼlim” (801-1000),  (401-600), “Iqlim harakati” (601+), “Tengsizliklarni kamaytirish” (601-800), “Gender tengligi” (801-1000),  “Maqsadlar uchun hamkorlik” (1000+) va boshqa 14 yoʻnalishlarida koʻrindi va samarali, deb topildi.

Ushbu natija Universitetning xalqaro hamkor tashkilotlar, kadrlar  buyurtmachilari, keng jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlashga, raqobat muhitida oʻz oʻrniga ega boʻlishiga xizmat qiladi, yangi zafarlarni egallashga zamin yaratadi. 

Erishilgan yutuq Termiz davlat universitetida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻyilgan vazifalarni bajarishga astoydil kirishilganligi, bundanda yuksak marralarga erishishga qaratilgan aniq maqsadli, toʻgʻri yoʻl belgilanganligi, jamoaning har bir aʼzosi bu borada oʻz shijoati va gʻayratini namoyish eta olishini koʻrsatdi.

Universitet jamoasini ushbu yutuq bilan chin koʻngildan tabriklaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil