Test

Maʼlumki, Milliy reyting oliy taʼlim muassasalarining nufuzli xalqaro reytinglardan joy olishiga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan. Xalqaro reyting indikatorlariga moslashtirilgan milliy reyting tizimi orqali oliy taʼlim muassasalaridagi sifat koʻrsatkichlarini yildan-yilga yaxshilab borish orqali ularning dunyo reytingida yuqori oʻrin egallashlarini taʼminlashga erishiladi.

Vazirlar Mahkamasining "Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori doirasida ayni kunlarda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari  professor-oʻqituvchilari va yuqori bosqich talabalarining bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda. 

5-6-iyun kunlari o’tkazilgan sinovlarda 795 nafar TerDU professor-o’qituvchilari, fakultet dekanlari, prorektorlar, rektorat xodimlari, shu jumladan, universitet rektori, professor A.Maraximov ham mazkur test sinovlarida ishtirok etib, «Xorijiy til» va «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» fanlaridan belgilangan test sinovlarini bajardi. 141 nafar yuqori bosqich talabalari mutaxassislik fanlaridan test topshirib, so’rovnomalarda ishtirok etdi.

Sinovlar 10-iyunga qadar bosqichma-bosqich davom etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 62

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 56

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil