XALQARO ALOQALAR KENGAYMOQDA

Xabar berganimizdek, ayni paytda Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Maraximov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Malayziyada boʻlib turibdi. 

Navbatdagi uchrashuv Malayziyaning Terengganu universiteti Okean muhandislik texnologiyasi va informatika fakultetida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv doirasida TerDU rektori, professor A.Maraximov, professor I.Allakov, professor CH.Normurodov mazkur fakultet talabalari uchun seminar-trening oʻtib berishdi.

Xususan, universitet rektori, professor Avazjon Maraximovning “Sunʼiy intellektning matematik asoslari va uning amaliy tadbiqlari” mavzusidagi maʼruzasi tinglovchilarda katta qiziqish uygʻotdi.  

Shuningdek, Amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri, professor Chori Normurodov "Nave-Stoks tenglamalarini uyurma-tok funksiyasi tizimida sonli modellashtirish" mavzusida maʼruza qildi.

Algebra va geometriya kafedrasi professori Ismoil Allakov “Tub sonlar qatnashgan additiv masalalar” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. 

Shu kuni Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov Surxondaryo viloyatidagi eng yirik oliy taʼlim muassasasi faoliyati, keyingi yillarda taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilayotgan eʼtibor, yuz berayotgan yangiliklar, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari hamda erishilayotgan yutuqlarga doir taqdimotlarni oʻtkazdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 62

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 56

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil