BO'STONLIQDA O‘QUV-SEMINAR O'TKAZILMOQDA

Ayni vaqtda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da  “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusidagi o‘quv-seminari boʻlib oʻtmoqda.
  
Seminarda respublikamizdagi 200 dan ortiq davlat, nodavlat va xorijiy Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektorlar va masʼullar ishtirok etmoqda. Unda universitetimiz birinchi prorektori Obid Shofiyev ham qatnashmoqda.

O‘quv-seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik I.Abdurahmonov va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator M.Xodjimatovlar ochib berdi.
  
Seminar ishtirokchilariga sotsiologiya fanlari doktori, professor M.Bekmurodov va pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov hamda Toshkent islom instituti rektori M.Muhammadsiddiqov va dastur bo'yicha tegishli mutaxassislar trening o’tkazdilar. 

Axloqiy tarbiya va sog’lom dunyoqarashni shakllantirishga doir ustuvor vazifalar bo‘yicha bahs-munozara tashkil etilib, yangi rejalar muhokama qilindi.

Xususan, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglandi. Bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarni belgilab olishga kelishildi. O‘quv-seminar 27-mayga qadar davom etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil