XALQARO ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA

Mamlakatimizda Uchinchi Renessans davriga poydevor qoʻyish, Yangi Oʻzbekiston nufuzini dunyoga tanitadigan salohiyatli kadrlar tayyorlash oliy taʼlim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, Termiz davlat universiteti tomonidan taʼlim sifatini oshirish, oʻquv jarayonlarini tamomila yangi bosqichga koʻtarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur jarayonda xalqaro aloqalar, yaʼni xorijning nufuzli universitetlari va institutlari, ilmiy-tadqiqot, taʼlim muassasalari bilan olib borilayotgan istiqbolli hamkorlik oʻz samarasini bermoqda.

Xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida TerDU delegatsiya a'zolari universitet rektori, professor A.Maraximov, professor Chori Normurodov,  professor Ismoil Allakov Malayziyaning Perlis universiteti (UniMAP)da muzokaralar olib bordi. Navbatdagi uchrashuv UniMAP prorektori, prof. Zaliman Sauli, akademik va xalqaro aloqalar prorektor o'rinbosari Prof.Dr.Shohimi Mohtar, Utara Malayziya universiteti axborot texnologiyalari direktori  Prof. Madya Ts. Doktor Muhamad Shahboniy Abu Bakar, Islom biznes maktabi dekani Prof. Dr. Rosylin Mohd Yusof ishtirokida  bo’lib o’tdi. 

Unda professor-oʻqituvchi va talabalarning almashinuvi dasturlari, ilmiy innovatsion yoʻnalishlarda nufuzli anjumanlar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, magistrant va tayanch doktorantlarning ilmiy ishlariga hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalaridagi yetakchi olim va professorlarni jalb etish kabi turli masalalarda kelishuvlarga erishildi.

Bir soʻz bilan aytganda, TerDU tomonidan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari eng avvalo, taʼlim sifatini oshirish, qolaversa, institutni dunyoning eng rivojlangan oliy taʼlim muassasalarining “Top 1000” roʻyxatiga kiritish borasidagi saʼy-harakatlarning yanada jadallashishiga xizmat qiladi. 

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil