TerDU tarixiga muhrlangan uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Komilov Kozimjon Fazilovich, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Yoʻldoshev Nigmatulla Toʻlqinovich, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Davletov Ruslanbek Quroltoyevichlar ishtirokida Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Rektor A.Maraximov TerDU da tashkil etilgan Yuridik fakultetining faoliyati hamda imkoniyatlari bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi imtiyozlar, yangiliklar to'g'risida ochiq muloqot qilishdi.

Mehmonlar mamlakatimizda huquqni muhofaza qilish yoʻnalishi rivoji haqida talabalar bilan oʻrtoqlashdi. Fakultetda tahsil oluvchi talabalar yoʻnalishlar boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarda amaliyot oʻtash uchun taklif etildi.

Yoshlarning muammolarini oʻrganish va ularga yanada keng imkoniyat va sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Oʻzaro doʻstona muloqot, tajriba oʻrganish va fikr almashish ruhida oʻtkazilgan ushbu uchrashuv barchaga manzur boʻldi.

Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil