Surxondaryo: Bosh vazir o‘rinbosari B.Musaev boshchiligida ta’lim sohasidagi masalalar muhokama qilindi

Bosh vazir o‘rinbosari B.Musaev Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov, Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari I.Saparovlar ishtirok etishdi.

Bosh vazir o‘rinbosari B.Musaev viloyatdagi har bir oliy ta’lim muassasasi rahbarlarining bugungi kunda sohada mavjud muammolar va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar va istiqbolda amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risidagi fikrlari bilan tanishdi. Xususan, ta’lim muassasalaridagi asosiy o‘quv binolari va talabalar turar-joylari hamda kadrlar yetishmasligi, moddiy-texnik bazani rivojlantirish kabi masalalar kun markazida bo‘ldi.

Pedagogik sohada kadrlar tayyorlash borasida uslubiy hamkorlikni rivojlantirish, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozimligi va yuqoridagi masalalar yuzasidan topshiriqlar berdi.

Uchrashuv so‘ngida Termiz davlat universiteti o‘quv binolari, ularda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va yangi barpo etilayotgan o‘quv binosining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil