TerDU terma jamoasi "Ideal Plus" - "Breyn-ring" turnirining final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

“Zakovat” intellektual klubi tomonidan Surxondaryo viloyati jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Breyn-ring” turnirida ishtirok etish uchun 1455 dan ortiq talabgarlordan arizalar kelib tushgan edi. 88 jamoalar 9 ta guruhga ajratildi, har bir guruhdan 2 tadan jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi.

2-bosqichda 9 tadan 4 ta guruh shakllantirildi. 2-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 8 ta jamoa esa chorak finalda ishtirok etishdi. Quvonarlisi, 1-bosqichda 3 ball bilan guruhda birinchi bo'lgan "Ideal Plus", 2-bosqichda ham huddi shuncha ball bilan guruh peshqadami sifatida o‘zini turnir g‘olibligiga davogar sifatida ko‘rsata oldi.

Chorak final o‘yinlarida esa 4:1 hisobidagi g‘alaba TerDU terma jamoasiga Yarim final chiptasini naqd qilgan edi. Yarim finalning so‘nggi savollarigacha 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrab turgan "Ideal Plus" 10 va qo'shimcha 11-savolga to'g'ri javob berib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu esa ushbu jamoani avgust oyida bo'lib o‘tadigan 100 mln so‘mlik final o‘yinlariga chiqqanligini anglatadi.

Fursatdan foydalanib ushbu terma jamoadagi qahramonlarni tanishtirib o‘tamiz:

1. Salohiddin Odilov (jamoa sardori) - Tabiiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi;

2. Choriyor Maxmatraimov - Tabiiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi;

3. Juma Xudoyorov - Tabiiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi;

4. Shaxobiddin To‘xtayev - Iqtisodiyot va turizm fakulteti 2-bosqich talabasi;

5. Go‘zal Maxamadiyeva - TerDU 2-bosqich magistranti;

6. Anvar Murodillayev - Kimyo va texnologiya fakultetini 2020-yilda tamomlagan.

 

Termiz davlat universiteti Axborot xizmati

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil